TALXATAN BOBO MASJID MAQBARASI

TALXATAN BOBO MASJID MAQBARASI — Marv (Turkmaniston) dagi me’moriy yodgorlik (11-asr). Bino to’g’ri to’rtburchak tarhli (10×18 metr), 4 xonali, gumbazli. Masjid (7,3×7,3 metr) bino mujassamotida asosiy o’rinni egallaydi. Masjidning 2 yoni yo’lkalarida xonalar, to’rida maqbara joylashgan. Maqbara Talxatan qishlog’ida xalq orasida hurmat qozongan keksa bobo nomi bilan bog’langan. Tashqi va ichki bezaklarining bir xil xususiyatga egaligi, yaxlitligi, undagi g’ishtlar (25x25x5 santimetr) ning o’ziga xos mahorat bilan terilganligidadir. G’ishtlardan girih va islimiy naqshlar hosil qilingan. Xonalar ichiga g’ishtdan ravoq, bag’al, mexrob hoshiyalari va ustungo’shalar ishlangan. Devor qalinligi 1,5 metrga yaqin. Maqbara qadimgi bo’lishiga qaramay, me’morlarning badiiy mahorati, salobati yaxshi saqlangan.