Tamaki iqlimi mo’tadil issiq mamlakatlarda yaxshi o’sadi. U bizning sharoitda ham o’sadi. Tamaki yaproqlari katta va yumaloq bo’ladi. Undan chekiladigan modda olish uchun dastlab quritiladi, so’ngra bir joyga xirmon qilib yig’iladi. U shu yo’l bilan achitiladi. Natijada yaproqlari malla va xushbo’y bo’lib qoladi. XVI asrda Fransiyaning Portugaliyadagi elchisi Jan Nikot Parijga tamaki urug’larini yuboradi. Shuning uchun ham tamaki tarkibidagi narkotik modda — nikotin alkoloidi uning nomi bilan ataladi. Tamakidan tayyorlangan damlama o’simliklarga purkalganda, u o’simliklarni zararli hasharotlardan himoya qiladi. Tamakidan dori tayyorlashda ham foydalaniladi.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
