TAMSHUSH DOVONI

TAMSHUSH DOVONI — Surxondaryo viloyatidagi dovon. Hisor tizmasining Janubi g’arbida, dengiz sathidan 4113 metr balandlikda joylashgan. Tamshush va Oqdaryo havzalarida. Uzunligi 3,5 kilometr, eni 440 metr. May oyidan oktabrgacha dovondan o’tish mumkin, qolgan vaqtlarda qor bilan qoplanib yotadi. Dovondan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining chorva mollari yaylovlarga haydab o’tiladi.