TAMTAM

TAMTAM, tamtam (hindcha tovushga taqlid atama) — urma cholg’u, Gong turi. Qadimdan Janubiy Sharqiy Osiyoda diniy marosimlarda qo’llanilgan. 18-asr oxiridan simfonik orkestr tarkibiga kirgan (F. J.G’ssekning «Mirabo o’limiga bag’ishlangan motam marshi», 1791). Turli (mis, kumush, surma va boshqalar) metallar qorishmasidan bolg’alab ko’p qatlamli, qalin (8— 10 millimetr) barkash shaklida (diametri — 600-1500 millimetr) yasaladi. Kigizli to’qmoq bilan urganda past, g’uvullovchi tovush chiqaradi.