TANAIS
TANAIS — 1) antik shag’ar (miloddan avvalgi 3-asr — milodiy 5-asr). Don daryosining quyi oqimi bo’yida joylashgan. Milodiy boshlarida Bospor davlati tarkibida bo’lgan. Tanais Bospordagi yunonlar bilan Azov va Don bo’yidagi ko’chmanchilar o’rtasidagi muhim savdo markazi bo’lgan. Milodiy 3-asrning 40-yillarida gotlar rahbarlik kilgan kabilalar Ittifoqi tomonidan butkul vayron qilingan. 4-asrning 2-yarmida qayta tiklangan, lekin kichik bir manzil sifatida 5-asr boshiga kadar mavjud bo’lgan. Tanaisdan turar joy, mudofaa devorlari, minoralar, darvozalar qoldiqlari, bitiklar, qabrlar va boshqalar topilgan; 2) yunon muarrixlari tomonidan don va ba’zan Sirdaryoning atalishi.