TANDIR KABOB
TANDIR KABOB — kabobning bir turi. Qadimiy tansiq taomlardan biri. Tayyorlash usuli: qo’y va mol go’shtining yog’sizroq qismidan qalinligi 2-3 santimetr, eni-bo’yi 5-10 santimetrli 100— 150 grammli bo’laklar kesilib 0,5% li namakobga 30 minut botirib qo’yiladi. Betiga un, murch va tuyilgan zira aralashmasidan tayyorlangan urvoq sepiladi va tandirga yopib, qizarguncha pishiriladi. Go’sht qizargach, cho’g’ni tandirning o’rtasiga to’plab, betiga kul tortiladi va tandirning qopqog’i yopilib, 10-15 minut dimlanadi.