TANTEMA
TANTEMA (Fransuzcha tantiema — qo’shimcha mukofot) — aktsiyadorlik jamiyati, sanoat firmalari, banklar, moliya kompaniyalari va boshqalarning yuqori rag’bar xodimlariga sof foydadan to’lanadigan qo’shimcha mukofot. Tantema to’lash haqida korxona direktorlar kengashi tomonidan taklif beriladi va bu taklif aktsiyadorlik jamiyatining umumiy majlisida tasdiqlanadi. Tantema miqdori sof foydadan muayyan foizlarda belgilanadi. Ko’pincha Tantema lavozim maoshidan oshib ketadi.