TARAG’OY

TARAG’OY, Amir Tarag’oy, Tarag’oybek (?— 1360) — Amir Temurning otasi. Chig’atoy ulusining nufuzli beklaridan biri, barlos qabilasi oqsoqollaridan bo’lgan. Tarag’oy ajdodlari Chingizxon va Chig’ashoy saroyiga yaqin bo’lishgan, keyinchalik ular Kesh viloyatini idora etganlar. T.ning o’zi ham Amir Hazag’onning ishonchli beklaridan sanalgan. Chig’atoy ulusi hukmdorlari tomonidan ili daryosi bo’yida har yili chaqiriladigan qurultoyga boshqa viloyat beklari qatorida Tarag’oy ham qatnashgan. Tarag’oyning Movarounnahr va Mo’g’o’listondagi mashhur amirlardan do’stlari ko’p bo’lgan, bu hol keyinchalik Amir Temurga qo’l kelgan. Tarag’oy beklar xonadoniga mansub bo’lsada, otasi Amir Bargul kabi harbiy ishga mayli bo’lmagan. Tarag’oy taqvodor musulmon bo’lib, ko’p vaqtini darveshlar bilan o’tkazgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga ko’ra, «Tarag’oybek ulamo va sulaho va muttaqiylarga mushfiq va mehribon erdi va bularning Majlisiga borur erdi…». Tarag’oy Shamsuddin Kulolnm o’ziga pir tutgan. Tarag’oyning xotini Buxoro fuzalolarining peshvosi — sadr ulshar’ia (shariat qonunlarini sharg’lovchi)ning qizi Takina xotun bo’lgan. Tarag’oy farzandi Temurbekni yoshligidan maxsus murabbiylar nazorati ostiga topshirib, chavandozlik, ovchilik, kamondan o’q otish, qilichbozlik va b.dan harbiy ta’lim olishiga alohida e’tibor bergan. Bular uni kelajakda buyuk sarkarda bo’lib etishida katta rol o’ynagan. Tarag’oy Kesh (Shahrisabz)dagi oilaviy xilxonaga dafn etilgan. Sohibqiron keyinchalik jome masjid yaqinida, Shayx Shamsuddin Kulol maqbarasi yonida yangi makbara qurdirib otasining xokini o’sha yerga ko’chirgan. Amir Temur harbiy safarlardan qaytishda Keshda to’xtab, otasi, o’g’li Jahongir, piri Shayx Shamsiddin Kulol qabrlarini ziyorat qilgan. Manba: Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Ad.: Amir Temur jahon tarixida, Parij, 1996; Bartold V.V., Sochineniya, t.2(chast 2), M., 1964; Fayziev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995;Radlov V.V.