TARIF SETKASI
TARIF SETKASI — ikkinchi, uchinchi va hokazo razryad stavkasiga ega bo’lgan ishchilarning birinchi razryad stavkasiga nisbatini aniqlovchi shkala. Yagona tarif setkasini davlat ishlab chiqib, joriy etadi. Shuningdek, davlat tomonidan belgilangan minimal ish haqi darajasi tarif setkasiga asosan ish haqini belgilashning asosi bo’ladi. Keyingi razryadga taalluqli bo’lgan ishchilarning ish haqlari razryad oralaridagi belgilangan koeffitsiyentga ko’ra hisoblab chiqariladi.