TARKIBIY INQIROZ

TARKIBIY INQIROZ — xomashyo, tovarlarning keskin yetishmasligi natijasida vujudga keladi. Bunga misol qilib energetik resurslarning yetishmasligini olish mumkin. Oqibatda talab va taklif mutanosibligi buziladi va xomashyoning bahosi ko’tarilib ketadi. Natijada shu vaqtgacha yashirin ko’rinishda bo’Igan iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida ortiqcha yig’ilib qolgan kapitallar yuzaga chiqadi. Ularda ishlab chiqarish vositalarining bir qismida ishlab chiqarish samarasiz bo’lib qoladi, ishlab chiqarish to’xtaydi, korxonalar yopiladi, ishsizlik ko’payadi. Tarkibiy inqirozlar davriy xarakterga ega emas, ammo uzoq muddat davom etishi bilan xarakterlanadi. Davriy inqirozdan farqli ravishda, tarkibiy inqirozda, masalan, po’lat qo’yish, ko’mir sanoati izdan chiqib turganda, to’qimachillk sanoati, kemasozlik va shunga o’xshash ayrim alohida tarmoqlar rivojlanishi mumkin.