TARXUN

TARXUN — Sug’d podshosi (taxminan 700— 711 yillarda hukmronlik qilgan). 707 yil buxoroliklar va turgashlar bilan ittifoq bo’lib, O’rta Osiyoda arablarga qarshi kurashgan. 709-710 yillarda arablar bilan bitim tuzib, tovon to’lagan, shu tufayli Sug’d zodagonlari tomonidan taxtdan ag’darilib, qatl etilgan.