TASHLAMA, SUV TASHLAMA

TASHLAMA, SUV TASHLAMA — suv havzasi (suv ombori, ko’l va boshqalar) dagi ortiqcha suvni (toshqin suvlarini) chiqarib yuborish, suvni pastki befga o’tkazish uchun mo’ljallangan gidrotexnika inshooti. Suv tashlama to’g’on tepasiga, yuqori bef sathi tagiga qo’yilgan yoki ayni paytda ikkalasi pastbaland qilib o’rnatilgan teshik (quvur) lardan iborat bo’ladi. Suv tashlamadan suv chiqarilishi (tashlanishi) gidrotexnika zulfini bilan rostlab turiladi. Suv tashlamaning avtomatik tarzda ishlaydigan turida gidrotexnika zulfini bo’lmaydi.