TAURAGE

TAURAGE — Litvadagi shahar. Yura daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 30,7 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Hisoblash mashinalari elementlari, sopol zavodlari, meva-sabzavot, go’sht kombinatlari, yog’ochsozlik korxonalari, yog’pishloq zavodi; xalq teatri bor.