TAVRLAR

TAVRLAR — Qrimning Janub qismi (Tavrika)ning eng qadimgi aholisi (miloddan avvalgi 9-asr — milodiy 4-asr). Xo’jaligi: chorvachilik, ovchilik, baliq ovlash, to’qimachilik, jez quyish. Tavrlar qabilalari mustahkamlangan qishlokdarda yashashgan. Xersones, Bospor podsholigiga qarshi kurashishgan. Milodiy 1-asrdan qo’shni xalqlar (tavroskiflar va boshqalar) bilan aralashib ketgan.