TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI

TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI – Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasi tarkibida. 1930 yil 30 dek.da tashkil etilgan. Okrug hududi butunlay qutbiy doira orqasida, Sharqiy Sibirning chekka shimolda, Taymir yarim orolida joylashib, g’arbdan sharqqa 1200 kilometr, shimoldan Janubga 800 kilometr masofaga cho’zilgan. Taymir muxtor okrugi tarkibiga Kara va Laptevlar dengizlaridagi arxipelag va orollar ham kiradi. Maydoni 862,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 39,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (67%), shuningdek, dolgan, Nenes, nganasan, evenk millat vakillari va boshqalar ham yashaydi. Taymir muxtor okrugi hududida 1 shahar (Dudinka), 1 shaharcha (Dikson) bor. Markazi — Dudinka shahri. Shahar aholisi 66,3%. Taymir muxtor okrugi hududidagi Norilsk shahri bevosita Krasnoyarsk o’lkasi ma’muriyatiga bo’ysunadi. Tabiati. Taymir muxtor okrugi Osiyoning chekka shimol qismini — Taymir yarim oroli va O’rta Sibir yassitog’ligining shimol qismini egallaydi. Okrug hududi 3 asosiy qismga bo’linadi; shimolda Birranga tog’lari, Janubda O’rta Sibir yassitog’ligi va ular orasida joylashgan shimol Sibir paettekisligi. Kara dengizi va Laptevlar dengizi bilan o’ralgan. Orol ko’p. Foydali qazilmalardan rudalar, toshko’mir, osh tuzi konlari bor. Iqlimi arktik va subarktik iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi—30°, iyulniki 2°-13°. Yillik yog’in 110-350 millimetr. Vegetatsiya davri 40-80 kun. Ko’p yerlar to’ngib yotadi. Asosiy daryosi — Enisey. Ko’l va botqoqlashgan yerlar ko’p. Tipik tundra va torfgleyli, Janubda podzol, Enisey daryosi vodiysida qayir o’tloqi tuproqlar tarqalgan. Taymir muxtor okrugida pakana Daur tilog’ochi o’sadi. Yer sharining biron boshqa qismida tilog’och bunchalik shimolda uchramaydi (72°50′ shu kabi). Yovvoyi shimol bug’usi, tog’qo’chqori, qutb tulkisi, bo’ri, lemming, oq quyon, qushlardan oq boyqush, oq kaklik uchraydi. Yozda ko’plab har xil qushlar uchib keladi. Suvlarda har xil baliklar bor. Xo’jaligi. Taymir muxtor okrugining mahalliy aholisi qadimdan bug’uchilik, baliq va mo’ynali hayvonlarni ovlash bilan shug’ullanib kelgan. Krasnoyarsk o’lkasidagi bug’ularning 2/3 qismi Taymir muxtor okrugida. Yenisey daryosi va ko’llar baliqqa boy. Baliqchilik xo’jaliklari, Dudinka, Xatanga, UstPortda baliqkonserva zavodlari bor. Yer ostidagi muzxonalarda yil davomida baliq saqlanadi. Mo’ynali hayvonlar (qutb tulkisi, havorang tulki) ko’paytirish bilan shug’ullanuvchi fermerlar va jamoa xo’jaliklari ishlab turibdi. Chorvachilik sut etishtirishga ixtisoslashgan. Sabzavotchilik rivojlanmoqda. Norilsk yaqinida konchilik sanoati mavjud (kumir, mis, nikel, kobalt va boshqalar). Norilsk konmetallurgiya kombinati (hozirgi «Norilskiy nikel» korxonasi) 1952 yildan mahsulot bermoqda. Yer sharidagi eng shimol Dudinka — Norilsk — Talnax temir yo’l (1937 yildan), Ustxantay GES bor. Taymir muxtor okrugi iqtisodiy aloqalarida shimol dengiz yuli va daryo hamda aviatsiya transportining ahamiyati katta. Asosiy portlari: Dikson, Dudinka, Xatanga. Qattiq qoplamali avtomobil yo’llar uzunligi 262 kilometr. Okrug markazi bilan aviaaloqa o’rnatilgan. Dudinka zooveterinariya texnikumi, Taymir okrug o’lkashunoslik muzeyi mavjud. Okrug radio eshittirishlari rus, Nenes, dolgan va nganasan tillarida olib boriladi. 1ming yillikning oxiridan boshlab Taymir xududida hozirgi dolgan va neneslarning ajdodlari bo’lgan samodiy qabilalari yashagan. Ular bug’uchilik, ovchilik va ba’zi joylarda baliq ovlash bilan shug’ullangan. Ruslar bu hududda dastlab 16-asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Ular shu joylarni egallash maqsadida aholi punktlari barpo etishgan. 1920 yil oxirida Taymirda kaebkorlik bir lashmalari tuzildi, keyinchalik ular kasbkorlik artellariga aylandi. 1930 yil Enisey daryosidagi UstPortda baliq konservalash zavodi qurib ishga tushirildi.