TAYMIR KO’LI

TAYMIR KO’LI — Taymir yarim orolidagi ko’l (Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasi). Maydoni 4560 kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 26 metr. Uzunligi 250 kilometr. Eni bir necha kilometrdan 80 kilometrgacha. Qirg’oqlari qo’ltiq va qo’ltiqchalar bilan o’yilgan. Taymirga yuqori Taymira daryosi quyilib, Quyi Taymira daryosi oqib chiqadi. Bir yilda 3 oy muzlamaydi. Ko’lda baliq turi ko’p.