Tayyora qanday yaratilgan?
Qanotlar yordamida uchish g’oyasini ilk bor Leonardo da Vinchi tilga olgan edi. Lekin bunday apparatni birinchi marta qurishga 1660 yilda birinchi bo’lib uringan shaxs ingliz Robert Guk edi. Biroq uning modelida uchishga biron kishi ham jur’at eta olmadi. 1842 yilda Xenson ismli yana bir ingliz kishi bug’ mashinasi yordamida uchadigan apparat yaratishga urindi, biroq uning apparati ancha og’ir bo’lganligi uchun ucha olmadi. Faqat 1870 yilga kelib Jorj Keyli tayyora qurishga imkon beruvchi parrakning nazariy hisob-kitobini taklif etdi. Uning fikrlariga asoslangan rus dengiz muhandisi A. F. Mojayskiy birinchi tayyorani yaratib, unda parvoz qildi. Bu voqea 1882 yilning yozida ro’y berdi. To’g’ri, bu parvoz atigi bir necha lahzagagina davom etdi. 1897 yilda nemis konstruktori Adder yaratgan «Avion» deb atalgan uchish apparati bilan ham xuddi shunday hol yuz berdi. Oradan olti yil o’tib aka-uka Orvil va Uilbur Raytlar tomonidan yaratilgan aeroplan osmonga ko’tarildi. Uning parragi benzin dvigateli yordamida aylanar edi, bu apparat 12 sekund (lahza)da 50 metr masofaga uchib bordi. 1909 yilda esa ular soatiga 60 kilometr tezlik bilan uchadigan tayyorani yaratishdi. Xuddi shu modeldan boshlab Amerika va Ovrupoda tayyorasozlik qurilishi chinakamiga boshlandi.