TEBINBULOQ TEMIR KONI
TEBINBULOQ TEMIR KONI — Qoraqalpog’iston Respublikasining Sulton Uvays tog’larida, Nukus— To’rtko’l t.y.dan 5-7 km masofada joy — lashgan. Kon 1937 y. topilgan. Urusoy sinig’ida quyi devon davriga mansub kremniykarbonatliterrigen va vulkanogenterrigen jinslar orasida joylashgan kuyi karbonning piroksenitgabbroli intruziv majmuasi bilan bog’liq. Temir rudasi tarkibi bo’yicha Uraldagi Kochkanar koniga o’xshash, unda temir 16,2%, titan oksidi — 2,0%, vanadiy oksidi — 0,15%; farqi titan oksidi 1,5 barobar yuqoriligidir. Asosiy minerali — titanmagnetit, u ilmenitning yupqa plastinkasimon o’simtalarini qamrovchi magnetitdan iborat. Rudalar zich Xoldor yoki massiv ko’rinishda, asosan, o’zgaruvchan piroksenitlar bilan bog’liq. Tarkibida gematit ham uchraydi. Ruda va rudasiz piroksenitlar tarkibida piritxalkopirit minerallashuvi bilan oltin, sof platina, oltin telluridlari va platina arsenidlari uchraydi. Genezisi bo’yicha kon yakunlangan magmatikruda tanalari joylashgan intruziv jinslarning astasekin sovib borish jarayonlari bilan boglik. T.t.k.da bir necha o’n ruda tanalari aniklangan. Ularning eng yiriklari konning g’arbiy va Sharqiy uchastkalarida bo’lib, uz. 2400 m, qalinligi 100-400 m, tarqalish chuq. 500 m ga etadi. T.t.k.ning resurslari bir necha mlrd. tonnani tashkil etadi.