Tebinbuloq vermikulit koni

Tebinbuloq vermikulit koni — Qrraqalpog’iston Respublikasining Sulton Uvays tog’larida, Nukus sh.dan 75 km Jan.g’arbda. Kon 1937 y.da kayd etilgan. T.v.k. quyi karbon davriga mansub. Gabbroperioditpiroksenit intruziv massivining kuchli biotitlashgan g’arbiy va Sharqiy chegaralari bo’ylab uzluksiz rivojlangan chiziqsimon siniqchalar zonalari bilan bog’liq emirilish po’stloqlarida joylashgan. Zonalar uz. 1,2 km, rudalanish chuq. 40 m. Alohida ruda tanalarining uz. 120-450 m, eni esa 18— 220 m bo’lib, vermikulitning o’rtacha miqdori 10-15%. Vermikulit sarg’ishqung’ir tusli xolxol, tomir, tomirchalar va ularning to’plamchalari sifatida biotitli piroksenitlarning nurash po’stida hosil bo’ladi. Genezisi bo’yicha kon yakunlangan magmatik jarayonlar bilan bog’liq. Uning zahiralari 1 mln.t.dan ziyod. Ruda oson boyitiladi. Vermikulit issiklikdan izolyasiya qiluvchi materiallar olish uchun ishlatiladi. Ekologiyada — oqar suvlarni neft va yog’lardan tozalashda samarali foydalanilmoqda.