Tebranishga qarshi himoya (vibratsiya himoyasi)

Tebranishga qarshi himoya (vibratsiya himoyasi) – muhandislik tadbirlari tizimi bo’lib, bu tizim inshootlarga ko’rsatiladigan dinamik ta’sirlarni pasaytirish, jadal tebranishlarni bartaraf etish va konstruksiyalar tebranishlarini so’ndirish, odamlarni vibratsiyadan va yuqori aniqlik bilan ishlovchi uskunalarning vibratsiyasidan himoya qilish uchun shart-sharoit yaratadi. Vibratsiya himoyasi tadbirlarni asosan uch guruh-tebranishlar manbaini bostirish va inshootga ko’rsatiladigan dinamik ta’sirlarni kamaytirishga yo’naltirilgan tadbirlar; rejaviy va konstruktiv tadbirlar, inshootlarning atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirlashish shart-sharoitlarining o’zgarishi; odamlar, ish joylari va uskunalarni lakalli himoya qilishga qaratilgan tadbirlarga bo’lish mumkin.