TEKRUR

TEKRUR — G’arbiy Afrikadagi (Senegal daryosi havzasi) davlat (milodiy 1-ming yillik o’rtasi — 15-asr). 11-asrning 2-choragidan Islom dini davlat diniga aylana boshlagan; 11 —13-asrlarda ravnaq topgan. 13-asr oxirida Mali davlatining siyosiy ta’sir doirasiga tortilgan. 14-15-asrlarda ko’p mulklari parchalanib ketgan, 15-asrning 2-yarmida ularning bir qismi Jolof davlati, qolgani 15-asr oxiri — 16-asr boshida Songay tarkibiga kirgan.