TEKTONIK HARAKATLAR

TEKTONIK HARAKATLAR — Er qa’rida sodir bo’lgan jarayonlar natijasida vujudga kelgan er po’sti harakatlari; er po’sti va asosan Er mantiyasidati kuchlar ta’sirida sodir bo’lib, po’stni tashkil etgan jinslarni deformasiyaga olib keladi. T. h., odatda, deformasiyaga uchragan tog’jinslarining kimyoviy tarkibi, fazaviy holati (mineral tarkibi) va ichki strukturasining o’zgarishi bilan bog’liq. T.h. bir vaqtning o’zida juda katta maydonni o’z ichiga oladi. Geodezik o’lchashlarning ko’rsatishicha, butun er yuzasi uzluksiz harakatda bo’ladi, lekin T.h. tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha etadi. Bu harakatlar juda uzoq geologik vaqt (o’nlab — yuzlab mln. yil) davom etib, to’planishi natijasida er po’stining ayrim qismlarida yirik siljishlar ro’y beradi. Amerikalik geolog g. Jilbert (1890) T.G’. ni epeyrogenik (Er yuzida katta maydonlarning uzoq vaqt ko’tarilishi va cho’kishi) vaorogenik (muayyan zonalarda burmalar hosil bo’lib, tog’tizmalarining shakllanishi) harakatlarga bo’lishni taklif etdi, nemis geologi X. Shtille (1919) bu tasnifni rivojlantirdi. Uning asosiy kamchiligi o’zaro farq qiluvchi 2 xil jarayon — burma va uzilma hosil bo’lishi bilan tog’hosil bo’lishini yagona orogenez tushunchasi bilan izoxlanishidir. Shu tufayli boshqa tasniflar taklif etilgan. Rus geologlari A. P. Karpinskiy, M. M. Tetyaev T.h.ni tebranma burmali va uzilmali harakatlarga ajratdilar. Nemis geologi E. Xarman va golland olimi R. V. van Bemmelen esa T.h. ni undasion (to’lqinli) va undulyasion (burmali) harakatlarga bo’ldilar (q. Er pusti tebranma harakatlari). T.h. sodir bo’lish shakli va vujudga kelish chuqurligi, mexanizmi va paydo bo’lish sabablari har xil ekanligi ma’lum bo’ldi. 18-a. o’rtalarida T.h.ni boshqa printsip bo’yicha sekin (asriy) va shiddatli bo’ladigan harakatlarga ajratdilar. Tez sodir bo’ladigan harakatlar, odatda, zilzilalar bilan bog’liq bo’lib, g’oyat qisqa muddatda kechadi. Zilzila vaqtida er yuzasidagi siljishlar bir necha m ga etadi, ba’zan 10 m dan ham oshadi. Lekin bu siljishlar jamlanganda sekin siljishlardan ko’p ham ortiq emas. T.h.ni vertikal (radial) va gorizonta l (tengentsial) harakatlarga bo’lish shartli bo’lsada, bir qadar ahamiyatga ega; bu harakatlar o’zaro boglik bo’lib, biri ikkinchisiga o’tib turadi. Bunda vertikal yoki gorizontal T. h.dan biri ustun bo’ladi. Vertikal harakat ustun (birlamchi) bo’lganda, er yuzasi ko’tariladi va cho’kadi, jumladan tog’lar paydo bo’ladi. Natijada ocean va dengizlarda, qisman quruqlikda ham cho’kindi jinslarning qalin qatlami hosil bo’ladi. Gorizontal harakatlar er po’sti ayrim bloklarining boshqalariga nisbatan yuzlab km, hatto minglab km gacha yirik siljishlarida, ularning yuzlab km keladigan siljimalarida, shuningdek, kontinental po’st palaxsalarining surilishi natijasida ming km kenglikdagi okean botiklarining hosil bo’lishida yaqqol namoyon bo’ladi. T. h muayyan davriylikka ega. Nisbatan qisqa muddatli vertikal harakatlar tebranma harakatlar deyiladi. Gorizontal harakatlar, odatda, o’z yo’nalishini uzoq vaqt saklab qoladi va asliga qaytmaydi. Tebranma harakatlar, ehtimol, dengiz va Daryo terrasalarini hosil qiladi. T.h. paydo bo’lish vaqtiga ko’ra eng yangi va hoz. zamon harakatlariga bo’linadi. Eng yangi T.h. Erning g’oz. relefida bevosita aks etadi, geomorfologik va geodezik metodlar yordamida ham o’rganiladi. Eng yangi va hozirgi T.h.ni neotektonika o’rganadi. Uzoq geologik o’tmishda sodir bo’lgan T.h. okean transgressiyasi va regressiyasining tarqalishi, cho’kindi qatlamlarning umumiy qalinligi, ular fasiyalarining joylashishi, depressiyaga to’plangan chaqiq jinslar manbaiga ko’re. aniklanadi. Litosfera palaxsalarining katta miqyosdagi siljishlarini qayta tiklashda paleomagnit sohasidagi izlanishlarning ma’lumotlari kata ahamiyatga ega.