TEKTONIKVAL
TEKTONIKVAL—nisbatankambar (eni bir necha o’n km) va uzun qiya (100— 300 km), asosan, asimmetrik ko’tarilma; platformalar uchun xos. Bal. 100 m gacha (o’rtacha mayd. 200 dan 6000-10000 km2 gacha). T.v.lar braxiantiklinal burmalar (plakantiklinal)ning zanjiri yoki zanjirlari (murakkab vallar)dan iborat. T.v.ning katta qismi antekliza va sineklizalar o’rtasidagi chegara zonasida yoki fundamentning yoriqlari ustida rivojlanadi. Yoshroq platformalarda T. v., odatda, burmali asosga ega bo’lgan antiklinal zonalarning kuchli zaiflashgan ko’rinishini takrorlab, ularning o’rnini egallaydi. Aksari T. v. doirasida joylashgan mayda ko’tarilmalar neftgaz to’plamlari bilan bog’liq. Odatda, qad. platformalar plitalarida T.v.lar fleksuralar bilan chegaralangan va ko’pincha ko’tarilmalar va fundamentni botqokligini chegaralovchi yoriqlar zonasini kuzatib boradi. Ular chokli T.v.lar deb ataladi. T.v.larning inversion, megaval yoki yirik, murakkab turlari mavjud. Tipik T.v.larga Rossiya plitasidagi Okasna, Donmedvedisa, Vyatka vallari kiradi.