TELEFON
TELEFON (tele… va fon) — 1) elektr signallarini tovush signallariga aylantirib beradigan elektrakustik asbob. Elektromagnitli, elektrodinamik va pezoelektr xillarga bulinadi. Elektromagnitli Telefon eng keng tarqalgan. Uning asosiy elementlari doimiy magnit, chulg’amli qutblar va membranadan iborat. Abonent «telefon qilganida» Telefon signalining o’zgaruvchan elektr toki ta’sirida membrana tebranib, tovush hosil qiladi. Telefon telefon apparati, turli radiotexnika asboblari va boshqa qurilmalarda ishlatiladi; 2) telefon apparatining qisqa nomi; 3) telefon aloqaning qisqa nomi.