Telegraf aloqa
Telegraf aloqa — diskret (harfraqamli) xabarlarni uzok, masofaga tez uzatish va qabul qilish hamda qabul punktida qayd etish; elektr aloqaning bir turi. Sim orqali uzatiladigan elektr signallar va simsiz radiosignallar orqali, telegraf apparati va fototelegraf (faksimil) apparat yordamida amalga oshiriladi. T.a. elektr aloqaning bir turi sifatida 19-a. 30y.larida paydo bo’lgan. Axborotlarni uzatishda dastlab (pochta aloqasidan tashqari) yorug’lik va tovush signallaridan foydalanilgan (q. Optik telegraf). Rossiyada 1832 y.da P.L. Shilling tomonidan telegraf apparati yaratilishi bilan T.a.ga asos solindi. So’ngra B. S. Yakobi tomonidan elektromagnit telegraf apparati (1839) va harf bosish telegraf apparati (1850), S. Morze tomonidan elektromexanik telegraf apparati (1844) yaratilishi (q. Morze apparati) T. a.ning rivojlanishiga yordam berdi. O’zbekistonda T. a. 19-a. oxiriga kelib Toshkent Orenburg telegraf liniyasi ochilishi bilan boshlangan. Hozir «O’zbektelekom» aktsionerlik kompaniyasi telegraf va telefon aloqani tashkil etadi. O’nlab shaharlar bilan T.a. bog’langan. Uzatiladigan xabarlarning turiga qarab, T.a. umumiy foydalanish, abonent, idora, faksimil xillarga bo’linadi. Umumiy foydalanish T.a.si aloqa korxonalariga keluvchi telegrammalar, pul o’tkazmalari va b.ni uzatish uchun xizmat qiladi. Abonent telegraf yordamida abonentlarning xonalariga bevosita o’rnatilgan telegraf apparatidan foydalanib muloqotlar olib borish mumkin. Idora T.a. si ko’plab hujjatli xabarlar uzatish va qabul qilishni talab qiladigan xalq xo’jaligi tarmoqlari (t.y., transport, fuqaro aviasiyasi va b.) da tashkil etiladi. Faksimil aloqa (fototelegraf aloqa) raem, grafik, matnlarni masofada turib uzatish uchun xizmat qiladi (q. Faksimil aloqa). Uzatishni tashkil etish usuliga qarab, T.a. simpleks va dupleks turlarga bo’linadi. Ikki telegraf styalari (yoki abonentlar) orasidagi simpleks T.a. xabarlarni ikki tomonga navbat bilan uzatishga imkon beradi. Xabarlarni uzatish va qabul qilishda bitta telegraf apparatidan foydalaniladi. Dupleks T.a.da axborot bir vaqtda ikkala tomonga uzatiladi (q. Dupleks aloka, simpleks aloqa). Axborotlarni uzatish uchun xizmat qiladigan T.a.ning telegraf apparatlari oxirgi styalari, kommutasiya qurilmalari va kanallari telegraf tarmog’ini tashkil etadi. T. a.da xabarlarni uzatish, qabul qilish va ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish, ularga kompyuterlarni tatbiq qilish orqali T.a. takomillashtiriladi.