Telegraf apparati

Telegraf apparati – telegraf aloqa o’rnatishda elektr qurilma signallarini uzatish va qabul qilish uchun mo’ljallangan qurilma. Birinchi elektromagnit T.a. rus olimi P. L. Shilling tomonidan ixtiro qilingan (1832) va amalda ishlatilgan. Dastlabki elektromagnit apparatlarda xabarlar siniq chiziklar ko’rinishida (qayd qiluvchi T.a.) yoki nuqtachiziqlar ko’rinishida (qayd qiluvchi T.a.) yoki nuqta va tirelar orqali (q. Morze apparati) uzatilgan va yozib olingan. 20-a. o’rtalarigacha elektromexanik T.a. ishlatilgan, 70y.lardan boshlab elektronmexanik T.a.dan foydalanildi, keyinchalik to’liq elektron T.a. va fototelegraf apparat (faksimil apparat) paydo bo’ldi. T. a. uzatkich, qabul qilgich va tok manbaidan iborat. T.a.ga xabarlarni avtomatik uzatish va qabul qilish qurilmalari ham o’rnatish mumkin. Qo’zg’almas yassi tasvirlar (matn yoki jadval, sxema, grafika, fotosurat va b.) faksimil apparat orqali uzatiladi (q. Faksimil aloka).