Telemexanika tizimi

Telemexanika tizimi — masofadan turib radioaloqa yoki simli aloqa kanali bo’yicha operator (kompyuter) dan boshqarish ob’ektiga signallar uzatadigan va qaytgan axborotlarni nazorat qiladigan texnika vositalari majmui. Boshkarish punkti (BP), bir yoki bir necha nazorat punkti (NP) hamda BP va NP ni ulovchi aloqa liniyasidan iborat. T. t.ning to’plangan (bitta NP chegarasidagi) ob’ektlarga va tarqoq ob’ektlarga mo’ljallangan xillari bor. Birinchi turga misol sifatida alohida qurilish krani, samolyot va b.ni boshkarish tizimlari, ikkinchi turga gaz va neft quvurlari, sug’orish tizimlari, t.y. uzellari, korxona va b.ni boshkarish tizimlari kiradi. T.t.da nazorat qilinadigan va boshkariladigan axborotlarning barchasi yoki faqat ba’zi turlari uzatilishi mumkin. Faqat ob’ektlarning parametrlari haqida axborot uzatiladigan T. t. teleo’lchash, nazorat qilinadigan ob’ektning vaziyati haqidagi axborot uzatiladiganini telesignalizasiya, faqat boshqarish «buyruklari» uzatiladigani teleboshqarish tizimi deb ataladi. Kompleks T.t.da nazorat va boshqarish axborotlarining barcha turlarini uzatish mumkin. T. t. xalq xo’jaligi va sanoatning tur-li sohalarida, kosmonavtika, aviasiya va b.da keng qo’llaniladi (q. Telemexanika).