Telomerlanish
Telomerlanish(rus.telotanava Yun. meros — qism, ulush) — to’yinmagan birikmalar (monomerlar) bilan reaktsiya zanjirini uzatuvchi (Telogen) moddalar o’rtasidagi zanjir reaktsiya. T. natijasida mol. m. turlicha bo’lgan mahsulotlar aralashmasi (telomerlar) yuzaga keladi. Bu mahsulotlarning molekulalari monomerlar molekulasi va chekka guruxdan tuzilgan. T.ni nur, radikallar, ionlar bilan inisirlash mumkin. Inisirlash usuliga ko’ra, ionli va radikalli T. farqlanadi. Radikalli T. ancha keng o’rganilgan. Etilenning uglerod (IV) xlorid bilan T.i radikalli T.ga misol bo’la oladi. Inisiator parchalanib, radikal (R°) larni, ular uglerod (IV) xlorid molekulalari bilan reaktsiyaga kirishib, trixlormetil radikalini hosil qiladi: R°QSS14″RC1QCC1°3. Radikalli T.ni inisirlash maqsadida asitil va alkil peroksidlar, yog’qatorining azobirikmalari, metall organik birikmalar va ultrabinafsha nurlar ishlatiladi. So’nggi vaqtda oksidlanishqaytarilish sistemalari, metallar karbonillari, Unur, termik inisirlash qo’llanadi. T.da monomerlar sifatida turli to’yinmagan birikmalar ishtirok etishi mumkin. T. reaktsiyasidan foydalanib ennat tolasi, lokbo’yoklar va b. noyob birikmalar olingan. Sirka kislota bilan etilenning radikalli T. jarayonida ilk bor vodorod atomining 1,5 migrasiyasi orkali erkin radikallarning qayta taqsimlanishi kashf qilingan.