Temir-beton yig’ma konstruksiyalar
Temir-beton yig’ma konstruksiyalar – zavod va poligonlarda ishlab chiqarilgan va tayyor hold qurilish maydoniga yetkazib beriladigan temir-beton detallar. Bunga temir-beton kolonnalar, poydevor qismlar, balkalar, to’sin va to’shamalar (ichi bo’sh), qovurg’asimon va tekis qavatlararo yopma va tom yopma plitalar, yirik panellar devor va yopmalar uchun, butun zinapoya marshlar, kosourlar va maydonchalarni tutashtiruvchilar kiradi.