Temir rudalari
Temir rudalari – tarkibidagi temir mikdori va birikmalari undan temirni ajratib olishga texnik imkoniyat etarli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan tabiiy mineral hosilalar. T.r. mineral tarkibi, temir mikdori, foydali va zararli aralashmalari, hosil bo’lish sharoitlari va sanoatdagi xossalari jihatidan xilmaxildir. Muhim rudali minerallari: magnetit, magnomagnetit, titanmagnetit, gematit, gidrogematit, gyotit, gidrogyotit, siderit, temirli xloritlar. Tarkibi, kelib chiqishi va sifati bo’yicha T.r. g’ar xil bo’lib, sanoatda foydalaniladigan turlarida temir mikdori 16% dan 72% gacha o’zgaradi va shunga qarab boy (G’e 50% dan ortiq), oddiy (G’e 25-50%) va kambag’al (G’e 25% dan kam) rudalar farq qilinadi. Odatda, T.r. tarkibida zararli qo’shimcha elementlar (oltingugurt, fosfor, mis, margimush, qo’rg’oshin, rux) uchrab, ularning mikdori 0,1—0,3 dan (S, P, Si) hamda 0,05—0,09% dan (Ag, Zn, Sn, Pb) oshea ruda sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Temir rudasi tarkibida foydali elementlar (Ni, Co, Mp, Sg, Ti, Ni, V va b.) xam mavjud bo’lib, ular (Mn, Cr, Ni) miqdorining ma’lum darajaga ko’payishi po’lat sifatini oshirsa, Ti, V, Co kabilar esa, qo’shimcha foydali element sifatida ajratib olinishi mumkin. T.r. cho’yanni tabiiy ko’rinishda yoki boyitilgandan so’ng eritish uchun ishlatiladi. Tarkibida 50% dan kam G’e bo’lgan T.r., asosan, magnit separasiyasi yoki gravitasion boyitish metodi bilan (Fe 60% gacha) boyitiladi. T.r. konlari kelib chiqishi jihatidan 3 guruhga: magmatogen, ekzogen va metamorfogen konlarga bo’linadi: magmatogen (Uralda Kusinsk, Kachkanar skarnlari; JARda Bushveld konlari majmuasi; Qozog’istonda Sokolov, Sarbay konlari va b.), ekzogen (Qrimda Kerch; Qozogistonda Ayat; Uralda Alapaevsk konlari va b.) va metamorfogen (Rossiyada Krivoy Rog, Kursk magnit anomaliyasi; Avstraliyada Xamereli va b.). T.r., asosan, cho’yan, po’lat va turli ferrokrtishmalar olishda, qisman tabiiy bo’yoqlar sifatida hamda burg’ilash quduklarida burg’ilash suyuqligini og’irlashtiruvchi qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Temir ruda konlarining eng yirik zaxiralari (80% dan ko’prog’i) Rossiya, Braziliya, Kanada, Avstraliya, AQSh, Hindiston, JAR, Shvesiya va Frantsiyada joylashgan. O’zbekistonda uncha katta bo’lmagan T.r. konlarining bir nechtasi ma’lum bo’lib, ulardan sanoat ahamiyatiga moliklari magmatogen genezisli magnetitgematit tarkibli Surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan, titanmagnetitli Tebinbuloq temir koni (Qoraqalpog’iston) shular jumlasidandir.