Temir yo’l avtomatikasi va telemexanikasi

Temir yo’l avtomatikasi va telemexanikasi – avtomatik vatelemexanikboshqarishusullarivavositalari yordamida poezdlar harakatini boshkarish va harakat xavfsizligini ta’minlash bilan shug’ullanadigan texnika va fan sohasi. Asosiy texnik vositalari signalizasiya, markazlash va blokirovka kurilmalaridan iborat. Bunda yo’l blokirovkasi, elektrojezl tizimi, strelka va signallarni markazlashtirish, saralash tepaligi avtomatikasi va telemexanikasi, poezdlar harakatini avtomatik boshqarish, markazlashgan dispetcherlik asbobuskunalari, t.y.dan o’tish joylaridagi jihozlarni boshkarish tizimlaridan foydalaniladi. Bu majmua tarkibiga kiradigan apparatkurilmalar, asbobuskunalarni yaratish, tekshirish, maqsadli yo’lda ishlashini ta’minlash, rivojlantirish yo’lida izlanishlar olib borish, bashorat kilish va b. omillar soha fani vazifalaridir. Poezdlar harakatini avtomatik boshqarish inshootlariga avtodispetcher (avtomashinist) va lozim bo’lganda poezdlar harakat tezligini avtomatik ravishda sekinlashtiruvchi xavfsizlik avtomatikasi kiradi. Markazlashgan dispetcherlikda t. y. uchastkasining alohida punktlaridagi strelka va signallarni dispetcherlik xonasidan, poezdlarning styalar orasidagi harakati esa avtoblokirovka qurilmalari yordamida avtomatik tarzda boshqariladi. Poezdlarning turgan joyi, yo’l va svetofor holatlari dispetcherlik postidagi tabloda aks ettiriladi. Elektronika va elektron vositalar taraqqiyoti tufayli, T.y.a. va t.da keyingi 10-15 yil ichida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Yo’lda ishlatilgan kontaktam elektr apparatlar, kontaksiz apparatlar, datchiklar elektron tizimlar bilan almashtirildi.