Temir yo’l uzeli
Temir yo’l uzeli — bir necha t. y. liniyalari kesishgan joydagi punkt; turli texnik inshoot va qurilmalar majmui. Asosiy inshootlariga vagonlarni saralash, yo’lovchilar va yuk styalari, alohida styalarni o’zaro bog’lovchi yo’llar, aylanib o’tuvchi yo’llar, yo’lovchilar uchun mo’ljallangan binolar, depo, texnikta’mirlash styalari va b. kiradi. Vazifasiga qarab, oddiy tranzit uzeli, katta hajmda yuk tushiribortiladigan tranzit uzeli va oxirgi uzelga bo’linadi; yirik sanoat korxonalariga xizmat qiluvchi sanoat, portlarga xizmat qiluvchi uzellar ham bo’ladi. T.y.u. temir yo’l avtomatikasi va telemexanikasi qurilmalari bilan jihozlanadi. T. y. u.da bir yoki bir necha stya bo’lishi mumkin.