TEMIROV BOTIR DAMINOVICH

TEMIROV BOTIR DAMINOVICH (1948.9.5. Farg’ona tumani) — ilmiy sanoat xodimi, mexanik muhandis, O’zbekiston Qahramoni (2005). Farg’ona politexnika institutini tugatgan (1989). Mehnat faoliyatini 1966 yilda Quvasoy tumani Hamid Olimjon nomidagi jamoa xujaligida kolxozchilikdan boshlagan. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida navbatchi chilangar (1971 — 75), kondensat yig’ish va bug’ ta’minoti uchastkasi ustasi (1975 — 77), zavoning 1-tsexi LCH-35/11-600 texnologik tsexida mexanik (1991 -94), 1-texnologik tsexi katta mashinisti (1994— 97), z-D texnika nazorati bo’limining 1-toifali muhandisi (1997-99), 1-texnologik tsex mashinisti (1999-2002), tsex mexanigi (2002 yildan). Temirov yuqori oktanli avtomobil benzini ishlab chiqariladigan LCH-35/11-600 qurilmasining ishga tushirilishiga katta hissa qo’shdi. Uskunalarning benuqson va to’la quvvat bilan ishlashida, uskunalardan foydalanish muddatlarini uzaytirishda o’ziga xos tajriba maktabini yaratdi. Temirovning katta bosimda ishlaydigan uskunalar klapanlarini ta’mirlash uchun maydoncha yaratish bo’yicha kiritgan rasionalizatorlik taklifi katta miqdorda elektr energiyasi. issiqlik energiyasini tejash imkoniyatini yaratdi.