Temuriylar

Temuriylar-1370-1507 yillarda Temuriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Asoschisi – Amir Temur. Temuriylar Chig’atoy ulusida kuchayib ketgan feodal tarqoqlik natijasida hokimiyat tepasiga keldi. Samarqand va Hirot Temuriylar davlatining poytaxti bo’lgan. Temuriylarning hukmronlik qilgan yillari: Amir Temur ibn Tarag’ay Bahodir (1370-1405); Halil sulton ibn Mironshoh (1405-1409, Movarounnahr hokimi, 1409-1411, Ray shahri hokimi); Shohruh ibn Temur (1396-1490, Xuroson hokimi, 1409-1447, Temuriylar davlatining oliy hukmdori.); Ulug’bek ibn Shohruh (1409-1447, Movarounnahr hokimi, 1447-1449, Temuriylar davlatining oliy hukmdori); Abdullatif ibn Ulug’bek (1449-1450, Movarounnahr hokimi); Abulqosim Bobir (1449-1457, Xuroson hokimi); Abdulloh Mirzo ibn Ibrohim sulton (1450-1451, Movarounnahr hokimi); Sulton Mahmud ibn Abulqosim Bobur (1457-1459, Xuroson hokimi); Abu Said ibn Sulton Muhammad (1451-1458, Movarounnahr hokimi, 1458-1469, Temuriylar davlatining oliy hukmdori); Sulton Ahmad ibn Abu Sayid (1469-1494, Movarounnahr hokimi); Sulton Mahmud ibn Abu Sayid (1494-1498, Movarounnahr hokimi); Sulton Ali ibn Sulton Mahmud (1498-1500, Movarounnahr hokimi). 1500 yili Movarounnahr Shayboniyxon boshliq ko’chmanchi o’zbeklaar tomonidan bosib olingach, faqat Xuroson temuriylar qo’lida qolgan. Sulton Husayn Boyqaro (1470-1506, Xuroson hokimi); Badiuzzamon (1506-1507, Xuroson hokimi). 1507 yili 20 mayda Shayboniyxon Hirotni egalladi. Temuriylar sulolasiga mansub so’nggi hukmdor Zahiriddin Bobur Afg’onistonga qochib borib, u yerda 1508 yili mustaqil davlat tuzdi. U 1525 yili Shimoliy Hindistonni bosib olib, u yerda yangi Boburiylar imperiyasiga asos soldi.