TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI

TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI — Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi (1996). Muzey binosi o’rta asr me’morligi an’analari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, bal. 31 m (diametri — tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m), uni qurishda temir ustun, g’isht, turli beton blok va engil tayyorlangan sun’iy qurilish uskunalari qo’llanilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Qurilishda Toshkent sh. hokimiyati, «Turon» firmasi, Toshkent aviasiya ishlab chiqarish. birlashmasi, «Oniks» korxonasi (30 dan ortiq kattakichik hajmdagi billur qandillar, 500 ta yoritgichli, og’irligi 2 t, bal. 8 m «Zumrad» qandil ishlab bergan), «Usto» birlashmasi qatnashgan. Muzeyga marmar zinalar orqali bosh tarzi (Amir Temur xiyobonidan) dagi 3 eshikdan kiriladi. 14 ta yog’och o’ymakorligidagi eshik o’ziga xos. Atrofi peshayvonli, qator ustunli (20 ta, bal. 10 m, muqarnas boshali, poyustuni kulrang marmardan ishlangan), turunjlari sirkori sopol bilan bezatilgan, binoning tashqi devori yuzasida «suls» uslubida insonni yaxshilikka undovchi so’zlar bitilgan. Bino asosida foye, magazinlar, ma’muriyat, vestibyul, kassa, axborotma’ruza zali va b. texnik xizmat xonalari joylashgan. 1qavatda ko’rgazma va kinolektsiya zali (200 o’rindiqli) bor. 2qavatdagi ko’rgazma zali 8 bo’limdan iborat. Ko’rgazma zalidagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar O’zbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996 y.da Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan ko’rgazmadagi eksponatlar qam muzeyga o’tkazilgan. Muzeyda arxeologiya, etn., numizmatika yodgorliklari, qo’lyozmalar, tasviriy san’at namunalari bor. Shuningdek, I. Karimovning Amir Temurga bo’lgan hurmatini ifodalovchi dil so’zlari va «Temur tuzuklari»dan keltirilgan iboralar eksponatlarni mazmunan boyitgan. Ko’rgazma zalining markazidagi devoriy tasvirdan «Buyuk Sohibqiron — buyuk Bunyodkor» nomli 3 qismdan iborat asar o’rin olgan. Birinchisi — «Tug’ilish» qismida Sohibqironning tug’ilishi bilan bog’liq urfodatlar ramziy tasvirlarda ifodalangan. Ikkinchisi — «yuksalish»da «rosti—rasti» («to’g’rilik najotdir») degan shior oltin harflar bilan bitilgan. Bu qismning markazida taxtda o’tirgan Sohibqironning vazir, ulamo, harbiy a’yonlar davrasidagi mashvaratlari aks ettirilgan. Pastroqda esa Sohibqironning nabira va abiralari (Muhammad Sulton, Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur) bobolaridan meros qolgan tuzuklarni mutolaa qilayotganlari va Amir Temur yaratgan me’moriy obidalar tasvirlangan. Uchinchisi — «Faxrlanish» bo’limida merosning avloddanavlodga o’tib kelayotganlik g’oyasi o’z aksini topgan. Muzeyga har yili 100 mingdan ziyod tomoshabin kiradi.