Tenardit, glauber tuzi

Tenardit, glauber tuzi (Frans. kimyogari Tenar nomidan) — sulfidlar sinfiga mansub evaporitlarga xos mineral (Na2SO4). Mexanik aralashma tarzida kam mikdorda K, Mg, C1, Vg, N2O, CaSO4 uchraydi. T. rombik singoniyada, yuqori trali fazasi — metatenardit geksagonal singoniyada kristallanadi. Orolli strukturaga ega, Na — poliedrlar sinchidan iborat, ular o’zaro SO4 tetraedrlar bilan bog’langan. Rangsiz, shaffof kristallari dipiramidal yoki plitasimon shaklda bo’ladi. T. fumarol faoliyatining maxsuli bo’lib, sho’r suvli ko’llar va qo’ltiqlarda cho’kindi sifatida hamda quriyotgan sho’r ko’llarda mirabilit, epsolit, astraxanit, gips bilan birga yoki mobilitning suvsizlanishi jarayonida hosil bo’ladi. T.ning sut rangli oppoq donador agregatlari kengtarqalgan. Suvda yaxshi eriydi, ta’mi taxirsho’r, mo’rt, shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 2,5—3, zichligi 2,7 g/sm3. T. o’ta to’yingan eritmalardan 32,4° da ajralib chiqadi. NaCl bo’lganda ancha past (-13,5°S gacha) trada kristallanadi. T. Qorabo’g’ozgo’l (Turkmaniston), Qulunda dashtidagi Mormishan ko’llari, Qozog’iston shim. sharqi va O’zbekistonning Qoraumbet va Kushkantog’konlarida mavjud.