TENDER

TENDER-1) yozma taklif, oferta, talabnoma; 2) qimmatli qo’g’ozlar, savdo uchun obuna bo’lish haqidagi ariza; 3) muddatli shartnomaga ko’ra tovarni yetkazib berish to’g’risidagi xabarnoma; 4) bozorda obligatsiya va g’azna vekselini taklif etish vositasi; 5) xalqaro savdo shakli. Savdo tashkilotchilari tomonidan qatnashuvchilar orqali ma’lum tovarni yetkazib berish yoki ma’lum xizmatlarni bajarish taklifi qayd etilgan qo’g’oz (blank); 6) biror-bir ishni amalga oshirish uchun e’lon qilingan tanlov. Xaridor yoki buyurtmachi eng avvalo tanlov e’lon qilib, tanlov shartlari bilan tanishtiradi. Tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan firmalar, korxona va tashkilotlar o’z takliflarini — tenderlarni buyurtmachiga ko’rib chiqish uchun yuborishadi.