Teng oyoqlilar

Teng oyoqlilar (Isopoda) qisqichbaqasimonlar turkumi. Tanasining uz. 0,1—27 sm. Birinchi juft ko’krak oyog’i oyoqjag’ni hosil qiladi, qolgan 7 jufti bir xil uzunlikka va tuzilishga ega (nomi shundan). Korin oyoklari plastinkasimon bo’lib, qisman jabraga aylangan. Yuragi qorin qismida. Tirik tug’ib ko’payadi. Keng tarqalgan. Dengiz, chuchuk suvlar va quruqlikda yashaydi. Turli organik qoldiqlar, chiriyotgan o’simliklar, qayvonlar murdasi bilan oziqlanadi, ba’zilari baliklarda va qisqichbaqasimonlarda parazitlik qiladi. 4500 ga yaqin turi ma’lum. Chuchuk suvlarda suv ho’tikchasi, quruklikda har xil zahkashlar, dengizlarda dengiz suvaragi ko’p uchraydi. Ko’pchilik T.o. baliklar uchun oziq. Ayrim turlari dengiz portlaridagi yog’och inshootlarga shikaet etkazadi.