Tenochtitlan

Tenochtitlan (Tenochtitlan) asteklar davlati poytaxti (14-16-a.lar). Rivoyatlarga ko’ra, Teskoko ko’lining g’arbiy qismidagi orolda 1325 y. barpo etilgan. Shahar xarobasi mayd. 1000 ga ni tashkil etgan. T.ni ko’plab kanallar kesib o’tgan, shahar ko’tarma ko’priklari bo’lgan 3 ta damba yordamida quruklik bilan bog’langan. Shahar 4 rN — Kuepopan, Teopan, Moyotlan va Astakalkoga, ular esa o’z navbatida xar biri 5 kvartal (mahalla)ga bo’lingan. T. markazida mahobatli ibodatxonalar (bosh ibodatxonaning bal. 30 m), hukmdorlar va zodagonlar saroylari joylashgan; shahar doirasida hunarmandlarning maxsus mahallalari — Amantlan va b. mavjud bo’lgan. Meksika ispan bosqinchilari tomonidan bosib olinayotgan vaqtda T. butkul vayron qilingan (1521) va uning xarobalari o’rnida Mexiko sh.ga asos solingan. Javli Tursunov.