Teodorix Buyuk, Teoderix
Teodorix Buyuk, Teoderix (Theodoricus, Theoderich) (taxm. 454 — 526) — ostgotlar qiroli (493-526), Italiyada ostgotlar davlati asoschisi. 488 y. Italiyaga bostirib kirgan va u erdagi hukmdor Odoakrni taxtdan agdarib, qatl ettirgach, hokimiyatni egallab olgan (493 y.). T. davrida ostgotlar davlatiga G’arbiy Evropadagi katta hududlar tobe bo’lgan. Rim aristokratiyasi bilan yaqinlashgan ostgot zodagonlari manfaatlarini ifoda etgan. T. ostgotlar davlati boshkaruvi, ma’muriyati, qonunshunosligida Rim tartiblarini saqlab qolgan. Taxm. 512 y. nashr etilgan Teodorix edikti asosini Rim huquqi tashkil qilgan bo’lib, u qulchilikni qonunlashtirgan, yirik er egaligini saqlab qolgan. T. davrida markazlashgan hokimiyatni mustaxkamlanishi mamlakatda dehqonchilik va savdoning taraqqiy etishiga, fan va san’atning ravnaq topishiga imkon bergan.