Teploxod
Teploxod — ichki yo’nuv dvigateli bilan harakatlanadigan kema; o’ziyurar kemalarning eng keng tarqalgan turi. Daryoda suzishga mo’ljallangan vintli tanker «Vandal» birinchi marta Rossiyada yasalgan (1903). Chet elda birinchi transport T.i — «Zelandiya» tankeri Daniyada yaratildi (1922). Ilgari asosiy dvigateli dizelli va eshkak vintining elektr dvigateliga elektr quvvati uzatadigan mexanizmi bo’lgan kemalarni dizelelektroxod deb xam atashgan (q. Elektroxod). T. da asosiy dvigetal sifatida 2 va 4 taktli, kichik, o’rta va katta tezlikda aylanuvchi ichki yonuv dvigatellari ishlatiladi. Ichki yonuv dvigatelida ish bajargan gazlar issiqligidan maxsus qozonda bug’tayyorlash uchun, bug’dan esa elektr energiya ishlab chikarish va kema extiyojlari uchun foydalaniladi. T. dvigatellarining quvvati — 50000 o.k.gacha, tezligi — 150 km/soat gacha. Havo yostikli va suv osti qanotli T.lar ham bor. Ter — ter bezlari ajratib chikaradigan tiniq suyuklik. Odam teri tarkibida 97,5— 99,5% suv, oz miqdorda xlorid, fosfat tuzlari va ba’zi bir boshka moddalar (mochevina, siydik kislota, kreatinin va b.) bor. Teri yuzasida to’planadigan T. moy bezlari ajratgan sekretga doimo aralashib ketadi. T. tarkibi organizmning holatiga (ya’ni qon tarkibida turli moddalar bo’lishiga), terlash darajasiga boglik. Odam bir kechakunduzda 0,5—1,0 l T. chiqaradi. Bu jismoniy ishning jadalligi, tashqi muhit xarorati va ichilgan suyuqlik mikdoriga bog’liq. Ko’p dori moddalari organizmdan T. bilan ajraladi.