TEPSEY QABRISTONI
TEPSEY QABRISTONI – Toshtiq madaniyatiga mansub arxeologik yodgorlik (milodiy 3-5-asrlar). Minusinsk shahri (Rossiya Federatsiyasi) dan shimolda, Yenisey daryosining o’ng sohilida, Tepsey tog’i yon bag’rida joylashgan. Yer osti sag’analarining umumiy maydoni 40-50 metr kvadrat, yon tomondan kirish joyi bo’lgan, ichki va tashqi devorlari, usti qalin yog’ochdan ishlangan. Sag’analardan kuydirilgan odamlarning kullari va turli buyumlar topilgan. Sag’analarning biridan 100 dan ortiq kishining qoldiqlari chiqqan. Sag’anaga dafn etish to’xtatilgach, uni yoqib yuborishgan. Yer ostida kislorod yetishmagani tufayli olov sekin yongan, shu tufayli ko’p buyumlar yonmay, qorayib qolgan, yog’ochdan ishlangan buyumlar bizgacha saqlanib qolgan. Bular turli xil idish, qadah, tog’oralar, bug’u, qo’ylarning haykalchalari, jezdan ishlangan juft ot boshi, kamar to’qalari, gips ni-qoblar, ot yugani qoldiqlari. shuningdek, ko’plab hayvonlarning suyaklaridir. 1968 yil Tepsey qabristonidagi dahmadan topilgan suratli uzun taxtalar muhim badiiy-tarixiy hujjat hisoblanadi. Ularning bir tomonida turli holatda aks etgan hayvonlar (bug’ular, ayiq, bo’ri, uchayotgan qush), boshqa tomonida jang manzarasi aks etgan. Tasvirlar pichoq uchida nozik chiziqlar bilan tushirilgan. Jang manzarasi qad.da uch qabila yoki xalqlar o’rtasida bo’lgan real voqelikni aks etgan. Ad.: Drevnyaya Sibir (Putevoditel po v1stavke), L., 1976.