Terek daryosi bo’yidagi jang

Terek daryosi bo’yidagi jang (1395 y., 15-17 apr.) — Amir Temur va Dashti Qipchoq hukmdori Tuxmamishxon qo’shinlari o’rtasida Shim. Kavkazdagi Terek daryosi bo’yida, No’g’ay dashtida sodir bo’lgan jang. Amir Temur 250 ming atrofidagi qo’shinini 7 qo’lga bo’lib, janggohga joylashtirgan. Markazda asosiy qo’l, uning oldida bosh hiravul (mang’lay), ortida esa chag’davul (arergard) turgan. Qo’shinning o’ng va so’l qanotlari qunbullar bilan mustahkamlangan. Taktik jihatdan bu harbiy ko’shilmalar mustaqil harakat qilgan va faqat oliy bosh qo’mondonga bo’ysungan. Sohibqiron qo’llayotgan jangovar tartib usulining ustun tomonlarini 1391 y.gi jang paytida payqab olgan To’xtamishxon ham o’z armiyasini jang maydonida xuddi raqibidek joylashtirgan. 15 apr. chorshanba kuni qaramaqarshi tomon qo’shinlari (taxm. 450-500 ming) jangovar bayroq va tug’larini kutarib, takbir nidosini aytib bir-biriga yuzlanadi. Jang muqaddimasi kuncha o’g’lon, Bek yorliq o’g’lon, Oqtau, Dovud so’fi va Udurqu qo’mondonligidagi To’xtamishxon qismlarining Sohibqiron qo’shini juvang’ariga qattiq hujumi bilan boshlangan. So’l qanotning qo’qqisdan berilgan zarba oqibatida og’ir ahvolga tushib qolganligini ko’rgan Amir Temur Markaziy qo’ddagi 27 sara qismdan ko’mak ajratadi. Yordamga o’z vaqtida etib kelgan askarlar dushman shiddatini qaytarib, qarshi hujumga o’tadi va g’animni qochishga majbur etadi. Qochayotganlarni ta’qib qilishga berilib ketgan anchagina suvoriylar janggoxdan uzoqlashib ketadi. Temuriy jangchilarning yo’l qo’ygan taktik ehtiyotsizligi natijasida vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan To’xtamishxon o’z askariy saflarini qayta tartibga solib, ta’qibchilarga zo’r beradi va ularni to’zitib yuboradi. Kutilmaganda Sohibqiron qo’l ostida turgan qismlar dushman iskanjasiga tushib, Amir Temurning hayoti xavf ostida qoladi. Sharafuddin Ali Yazdiyning tasvirlashicha, Sohibqironga birinchi bo’lib ko’makka etib kelgan Amir Shayx Nuriddin rahbarligidagi otliqlar zudlik bilan otdan tushib, yopirilib kelayotgan xon askarlarini yoylardan tinmay otilayotgan o’kdar bilan to’xtatadi. Muhammad Ozod, Alishox. va To’kal Bavurchi kabi beklar aravalarni bir-biriga bog’lab fob yasaydilar. Sohibqiron shu aravalar, ular ustiga qo’yilgan tura (qalqon) va chapar (chetan) panohida bo’ladi. Aylana mudofaada qolgan Sohibqironga Allohdod, Jaku, Husayn Malik qavchin boshliq bo’limlar yordamga keladi. Ammo, To’xtamishxon qo’shinining hamlasi borgan sari kuchayadi. Asosiy qo’ldan ko’makka tashlangan Muhammad Sulton Mirzo hamda Ustaybek qo’mondonligidagi qismlarning jangga kirishi, Amir Jahonshoh va Amir Hoji Sayfuddin qo’l ostidagi jangchilarning pistirmadan turib Dashti Qipchoq armiyasi so’l qo’liga kuchli zarba berishi vaziyatning ma’lum darajada o’nglanishiga sabab bo’ladi. Jangning 2kuni yana To’xtamishxon qo’shinining hujumi bilan boshlanadi. Xon Isabiy va Baxshi Hoji qismlaridan iborat juvang’arini muhorabaga tashlaydi. Sohibqironning hirovuli (avangard)ni uloqtirishga erishgan bu qo’shin qanoti Amir Temur barang’arida jang qilayotgan Amir Hoji Sayfuddin tumanini qurshab oladi va tarqatib yuboradi. Bir qancha askarlarning to’zg’ib ketishiga qaramay Xoji Sayfuddin qolgan safdoshlari bilan qarshilik ko’rsatishni davom ettiradi. O’z qismdoshlarining matonat bilan kurashayotganini ko’rgan askarlar ortga qaytib, ular qatoriga qo’shiladi. Qiyin ahvodda qrlgan bu tumanga Jahonshoh Bahodir, Temur Xoja Oqbo’g’a va Rustam mirzolar madadga keladi. Kechgacha davom etgan jang hech bir tomonning ustunligisiz to’xtaydi. Jangning so’nggi kuni tag’in Dashti Qipchoq qo’shinining shiddatli hujumi bilan boshlanadi. To’xtamishxon otliq va piyodani safga tizib, markaz va qanotlarni qo’shimcha kuchlar bilan mustahkamlab, tashabbusni o’z qo’liga olish ilinjida Jasur va sara askarlarini jangga kiritadi. Ayni vaqtda xonning ishonchli sarkardalaridan biri Yag’liboy ham juvang’ar bilan jangga tashlanadi. Amir Temur ushbu dushman juvang’arining ancha zaiflashib qolganligini bilgan holda asosiy zarbani unga qaratadi. Natijada, Sohibqiron jangchilarining kuchli hujumlariga bardosh berolmay parokanda bo’lgan xon askarlari qochishga tushadi. Yag’liboy qismlari Usmon Bahodir boshchiligidagi barang’ar tomonidan yakson etilib, uloqtirib tashlanadi. Yag’liboy Usmon baxrdir bilan kechgan yakkamayakka olishuvda halok bo’ladi. Nihoyat, Sohibqiron butun jang maydoni bo’ylab hal qiluvchi hujumga o’tadi. 3 kun davom etgan shafqatsiz olishuv tufayli tinkasi qurigan Dashti Qipchoq armiyasi qarshilikni bas qiladi va uzilkesil mag’lubiyatga uchraydi. To’xtamishxon janggohni xos qo’riqchilari panohida tashlab qochishga muvaffaq bo’ladi. Amir Temurning ushbu dahshatli to’qnashuv vaqtida o’ta tang vaziyatga tushib, undan faqat bor iste’dod, g’ayrat hamda kuchni ishga solib sharaf bilan chiqib ketishi uning To’xtamishxondek qudratli harbiy kuchga ega bo’lgan, salohiyatli sarkardadan ustun kelganligini ko’rsatadi. M;Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma. T., 1966; Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Grekov B. D., Yakubovskiy A. Yu., Oltin O’rda va uning qulashi, T., 1956; Dadaboev H., Amir Temurning harbiy mahorati. T., 1996. Hamidulla Dadaboev.