Terekkuma pasttekisligi
Terekkuma pasttekisligi — Sharqiy Kavkaz oldidagi pasttekislik. Kaspiy bo’yi pasttekisligining Jan.g’arbiy qismi. Jan.da katta Kavkazning etaklari, garbda Stavropol qirlari, Sharqda Kaspiy dengizi, shim. da Kumamanich botigi bilan chegaradosh. Er yuzasi tekislik. Eng baland joyi 100 m (Sharqiy qismi okean sathidan past). Eol relefi shakllari (harakatdagi va o’simliklar bilan mustahkamlangan), sho’rxoklar, deltalar, quruq o’zanlar, qirg’oq marzalari, kichik qo’ltiq, lagunalar bor. Shim. qismi platforma, Jan. qismi tog oldi botig’idan iborat. Dengiz, dare, eol yotqiziqlaridan tashkil toptan. Iqlimi kontinental, g’arbiy qismi namroq, Sharqiy qismi nisbatan qurukroq, qishi sovuq, yozi issiq. Yanv. ning o’rtacha trasi -5°, -7°, iyulniki 25-26°, yillik yog’in 250— 350 mm. Daryo tarmoqdari kam. Terek va sulak daryolari oqib o’tadi. Er osti suvlari sho’r, faqat qumliklarda chuchuk suv uchraydi. Och kashtan, sho’rxok, o’tloq, botqoq tuproqlari tarqalgan. Shim. qismining g’arbida quruq dasht (chalov aralash shuvoq boshokdoshlar), Markaziy qismida chala cho’l (Qrim shuvog’i) o’simliklar mavjud. Bahor faslida efemer va efemeroidlar o’sadi, qumliklarda yulg’un, uchraydi. Dasht va cho’l hayvon turlari aralash yashaydi. Kulrang yumronqoziq, qo’shoyoq, Olmaxon, quyon, sayg’oq, qarsok, tulki; deltalarda qobon, chiyabo’ri, suvda yashovchi qushlar uchraydi. Neft va gaz konlari bor. Katta qismi yaylov sifatida foydalaniladi. G’alla, sholi, kungaboqar, em — xashak, poliz ekinlari ekiladi.