Tergov

Tergov — jinoyat prosessida jinoiy ish bo’yicha dalillar yig’ish va tekshirish. T. turlari: dastlabki tergov va sud tergovi. T. faoliyatini 3 xil yo’nalishdagi: prokuratura, milisiya va milliy xavfsizlik tergovchilari olib boradilar. Ular T. va prosessual harakatlarni mustaqil amalga oshiradilar. Asosiy vazifalari jinoyatlarni tez va to’la ochish, jinoyat sodir etgan shaxsni fosh etish, aybi bo’lmagan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortmaslikdan iborat. Tergovchi va uning vakolatlari O’zbekiston Respublikasi JPKda bayon qilingan (35, 36moddalar).