Terks va Kaykos orollari
Terks va Kaykos orollari — Bagama o.larining Jan.Sharqiy qismidagi terke, Kaykos va 30 dan ortiq boshqa orollardan iborat Buyuk Britaniya mulki. Mayd. 430 km2. Ma’muriy markazi — KokbernTaun sh. Aholisi 14 ming kishidan ziyod, 90% dan ortigi Afrika qit’asidan borgan. Rasmiy til — ingliz tili. Orollar marjon ohaktoshlaridan tuzilgan bo’lib, riflar bilan o’ralgan. Karst keng tarqalgan. Iqlimi tropik, passat, oylik tralar 23-27°. Kuchli shamol va dovullar bo’lib turadi. Yillik yog’in o’rtacha 1000 mm. Sho’r ko’l kup. Doim yashil butazorlar, kokos palmasi plantasiyalari bor. Orolni 1512 y.da ispanlar egallagan. 17-a.da orolga Bermuda o.laridan aholi kelib urnashgan. 1766 y.dan Buyuk Britaniya mulki. 1874-1962 y.larda Yamayka tarkibida bulgan. 1959 y.da o’zinio’zi ichki boshqarish huquqiga ega bo’ldi. Orol muhim moliya markazlaridan. Q.x.da dukkakli ekinlar, makkajo’xori, meva va sabzavotlar ekiladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Baliq konservalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish. korxonalari mavjud. Yirik orollarda xalqaro aeroportlar bor. Turizm rivojlangan. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: AQSh, Buyuk Britaniya, Yamayka.