Terlash, ter chiqishi
Terlash, ter chiqishi — organizmni sovitadigan fiziologik mexanizmlarning biri. T.da suvtuz balansi saklanadi (q. Moddalar almashinuvi) va teri yuzasidan ter ajraladi. T. uzluksiz, asosan, reflektor tarzda bo’ladi. T. refleksi reseptorlari teri, shilliq pardalar va muskullarda, T. markazi bosh miya, gipotalamus, uzunchoq va orqa miyada joylashgan. Termoregulyasiyaaa, ayniqsa, yuqori haroratda og’ir mehnat qilinganda, T. ning ahamiyati katta. Havo trasi yuqori bo’lganda T. organizmni issikdab ketishdan sakdaydi. Odam tinch turganida t-ra normal bo’lganda T. bilinmaydi, lekin teridan suvning bug’lanishi va T. x,isobiga sezilmaydigan darajada namlikning yo’qolishi kuzatiladi (organizm bir kechakunduzda o’rta hisobda 500 ml ga yaqin suv yo’qotadi). Atrof muhitning trasi ko’tarilishi bilan ter bezlari va b. bezlar faoliyatining kuchayishi hisobiga odam ko’p terlaydi. Mas., 50° dan yuqori trada 1 soatda 2 l gacha ter ajraladi. Yuqori t-ra sharoitida organizmdagi suv zaxirasining o’rni to’ldirilmasa ham suv ter bilan ajralaveradi. Bu esa organizmning suvsizlanishiga va ko’pchilik fiziologik funktsiyalar (nafas olish, qon aylanishi va b.) ning buzilishiga olib keladi. Uzoq vakt yuqori traning ta’sir etishi va unga o’rganish T.ni kamaytiradi. Shuning uchun issiq mamlakatlarda yashovchi kishilar terisi yuqori trada ham quruq bo’ladi. T. ko’p miqdorda issiq va achchiq ovqat iste’mol qilinganda, suv ichilganda, jismoniy zo’riqqanda, isitma ko’tarilganda, qayajonlanganda va b. holatlarda kuchayadi. Kishi hayajonlanganda (mas., qo’rqqanda) kaft, oyoq tagi terlaydi, shuningdek, peshonadan va gavdaning boshka joylaridan ter chiqadi. Ba’zi odamlar ko’p terlaydi. Bunday kishilar, albatta, vrachga murojaat etishlari kerak. Hech qanday sababsiz T. biror kasallik belgisi bo’lishi mumkin.