Termal suvlar

Termal suvlar (Frans. therma iliq, Yun. therme — iliq, issiq) — er po’stidagi yuqori trali (20° va undan ortiq) er osti suvlari. 20° trail izotermalar ko’p yillab to’ngib yotgan hududlarda 1500-2000 m dan, subtropiklarda 400 m va undan kamroq chuqurlikda, tropiklarda esa yuzada bo’ladi. Artezian havzalarda 2000-3000 m li burg’i quduqlari yordamida 70-100° va undan yuqori trali issiq suvlar ochilmoqda. Tog’lar (mas., Alp, Kavkaz, Tyanshan va Pomir tog’lari)da T.e. issiq buloqlar (trasi 50-90°), harakatdagi vulkanli rnlarda geyzerlar, qaynoq suv va bug’aralashmalari (trasi 150— 200°) holida namoyon bo’ladi. Kimyoviy, gaz tarkibi va minerallashuviga ko’ra — chuchuk va sho’rroq gidrokarbonatli, natriyli, azotli, karbonat angidridli va vodorod sulfidli, sho’r va namakob xloridli, natriyli va kaltsiynatriyli, azotmetanli va metanli, ayrim joylarda vodorod sulfidli suvlar mavjud (q. Mineral suvlar). T.e.dan qadimdanoq davolash maqsadlarida, kurortlarda, shuningdek, texnik maqsadlarda hamda uyjoy va ishlab chiqarish. binolarini, issiqxonalarni isitishda va b.da keng foydalaniladi. T.e. mavjud bo’lgan joylarda elektr styalar qurilgan. Toshkentda qisqa muddat T.s.dan maishiy xizmatlar, Qoplonbekda issiqxonalarni isitish maqsadlarida foydalanildi. Foydalaniladigan zaxirasining cheklanganligi, xususan, T.ening davo xususiyatlari va sifatli ta’mi uchun Toshkent T.s.dan hozirda faqat balneologik va iste’mol maqsadlarida foydalaniladi. Issiklik bilan ta’minlashda T.e. kucheiz termal (20-50°), termal (50-75°), yuqori termal (75 — 100°) suvlarga bo’linadi (yana q. Er osti suvlari). O’zbekistonda ilk marotaba Oltinsoy T.e. koni foydalanish zaxirasini hisobga olgan holda (issiqxona xo’jaliklarini isitish uchun) razvedka kilingan. Mazkur T.e. manbai Navoiy viloyati Xatirchi tumani hududidagi Oqtovning Jan. yon bag’rida joylashgan.