Termik qarshilik, issiqlik qarshiligi
Termik qarshilik, issiqlik qarshiligi — jism (uning sirti yoki qatlami)ning molekulalarning issiqlik harakati tarqalishiga to’sqinlik qilish xususiyati. To’liq, sirtki va qatlam T. q.lari farklanadi. To’liq T.q. — bir jism (sirt, qatlam) dan ikkinchisiga issiqlik uzatish koeffisientiga teskari miqdor, sirtki T.q. — bir jism sirti bilan ikkinchi jism sirti orasida issiqlik almashinish koeffisientiga teskari mikdor, qatlam T.q.gi — shu qatlam qalinligining uning issiklik o’tkazish koeffisientiga nisbatiga teng miqdor. Murakkab tizim (mas., ko’p qatlamli issiqlik izolyasiyasi) T.q.gi uning alohidaalohida qismlari T.q.lari yig’indisiga teng. T.q. son jihatdan issiklik oqimi birligi (1Vt/m2) ni jism sirtiga yoki modda qatlami orqali uzatish uchun zarur t-ra bosimiga teng. U m2K/Vt orqali ifodalanadi. T.q. ni bilish issiqlik texnikasi, qurilishda, binolarni isitish va b. sohalarda juda muhim (q. Issiqlik almashini — shi, issiqlik o’tkazuvchanlik, issiqlik harakati).