Termiz shahri haqida eshitganmisiz?
Termiz shahri haqida eshitganmisiz? – Surxondaryo oblastining markazi. Termiz Surxondaryo yoqasidagi eng qadimgi shaharlardan biri. Bu shahar bir necha marta vayron bo’lgan. Shahar XIV asrdan keyingi yozma manbalarda Madinatur Rajol “Mardlar shahri” deb nomlanadi. Tadqiqotchilar shahar nomining etimologiyasini uning qadimiyligiga asoslanib, grek tilidan izlaydilar. H.Hasanov “Termiz qadimiy nomlardan bo’lib, janub tomondagi xalqlar tomonidan aytilgan. Taromata – “Naryoqdagi qishloq” so’zlaridandir. (Ovesto yozuvlarida bor). “Dastlab Tarmita, Tarameta deb talaffuz etilgan, X asrdan boshlab Termiz bo’lgan” deb yozadi.



